Salom, TeacherBot foydalanuvchilari!
Bugun biz sizlarga ajoyib yangilik tayyorladik: yangi Daily Streak leaderboard nihoyat tayyor! 🏆
Avval faqat Dollar leaderboard orqali eng ko‘p pul yig‘gan foydalanuvchilarni kuzatishingiz mumkin edi. Endi esa biz leaderboardlarni kengaytirdik va sizlar uchun ikkita yangisini tayyorladik:
- Daily Streak Leaderboard – Bu leaderboard sizning har kuni TeacherBot’da dars qilishingiz va streak (uzluksiz kunlar soni)ni saqlashingizni hisoblab boradi. Misol uchun, agar siz ketma-ket 10 kun davomida dars qilgan bo‘lsangiz, streakingiz 10 bo‘ladi. Eng uzun streaklar yuqori o‘rinni egallaydi.
- Gold Leaderboard – Bu leaderboard hali to‘liq tayyor emas, lekin tez orada sizlar uchun tayyor bo‘ladi. Bu sizning olgan Gold miqdoringizni hisoblaydi va eng ko‘p. Gold yig‘gan foydalanuvchilarni ko‘rsatadi.
Daily Streak Leaderboard qanday ishlaydi?
- Har bir foydalanuvchi uchun uzluksiz kunlar soni hisoblanadi.
- Eng uzun streakga ega foydalanuvchi birinchi o‘rinda turadi.
- Agar orada biror kun dars qilinmay qoldirilsa, hisob yana qaytadan 1ga tushuriladi.
- Bu leaderboard sizni har kuni dars qilishga undaydi va til o‘rganishda davomiylikni oshiradi.
Nega bu yangilik muhim?
- Streak’lar sizni darsni muntazam qilishga undaydi.
- Leaderboard orqali do‘stlaringiz bilan raqobat qilishingiz mumkin.
- Bu yangilik sizning progressingizni vizual tarzda kuzatishga yordam beradi.
Bizning maqsadimiz sizlarni faqat pul yig‘ish emas, balki til o‘rganishni davom ettirishga rag‘batlantirishdir. Shu sababli, daily streak leaderboard aynan shu maqsad uchun ishlab chiqildi.
Bugundan boshlab sizlar Leaderboard bo‘limida dollar, streak va kelajakda gold leaderboard’larni ko‘rishingiz mumkin. Streak leaderboard hozircha tayyor va ishlashga tayyor!
Hozir o‘zingizni sinab ko‘ring va kunlik streakingizni oshiring! 🌟
👉 teacherbot.uz saytiga o‘ting va birinchi darsingizni bajaring!

